Home > Yangiliklar

Pekin chet tillari universiteti rektori Jia Venjian Osiyo universitetlari rektorlari forumida ishtirok etdi

Updated: 2025-12-05

2025-yil 21-noyabr kuni Guanchjou shahrida Osiyo universitetlari rektorlari forumi (Asian University Presidents Forum, AUPF) ning ochilish marosimi va yalpi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Joriy yilgi forum «Yangi texnologiyalar va tarmoqlararo hamkorlik: Osiyoda oliy ta’limning barqaror va inklyuziv o‘sishi uchun yangi yo‘llarni ochish» mavzusiga bag‘ishlangan. Pekin chet tillari universiteti rektori va partiya qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari Jia Venjian taklifga binoan tadbirda ishtirok etib, «Dunyo bilan muloqot ko‘prigi Pekin chet tillari universitetining Milliy global til xizmatlari platformasi» mavzusida asosiy ma’ruza qildi.