2025-yil 19-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi partiya guruhi Pekin chet tillari universitetida (PChTU) kadrlar o‘zgarishiga oid qarorni e’lon qildi. Ushbu qarorga muvofiq, Li Hai safdosh PChTU partiya qo‘mitasining kotibi etib tayinlandi. Vang Dinghua safdosh esa ushbu lavozimdan ozod etildi. Yig‘ilishda Ta’lim vazirligi partiya guruhi a’zosi, vazir o‘rinbosari va bosh ta’lim inspektor Vang Jiayi ishtirok etib, nutq so‘zladi. Shuningdek, Ta’lim vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ge Yuanjie va Pekin shahar Ta’lim bo‘yicha ishchi qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari Yu Chenven ham yig‘ilishda ishtirok etdilar. Yig‘ilishni Pekin chet tillari universiteti partiya qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari va rektori Jia Venjian boshqarib bordi.