Home > Yangiliklar

“Kelajak to‘g‘risidagi pakt”ni amalga oshirish bo‘yicha universitetlar muloqoti Pekin chet tillari universitetida bo‘lib o‘tdi.

Updated: 2025-11-08

2025-yil 16-oktabr kuni Pekin chet tillari universitetida (PChTU) “Kelajak to‘g‘risidagi pakt”ni amalga oshirish bo‘yicha universitetlar muloqoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Universiteti, BMTning Xitoydagi tizimi, Pekin chet tillari universiteti hamda Keyptaun universiteti (JAR) tomonidan hamkorlikda tashkil etilib, PChTU huzuridagi Mintaqaviy va global boshqaruv oliy tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti direktor o‘rinbosari Li Hai, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Gay Rayder (Guy Ryder), BMT Bosh kotibi Ijroiya ofisi huzuridagi “Kelajak to‘g‘risidagi paktni amalga oshirish” bo‘limi direktori Semba Kaula (Themba Kaula), BMTning Xitoydagi doimiy koordinatori Siddxart Chatterji (Siddharth Chatterjee) hamda Pekin chet tillari universiteti partiya qo‘mitasi kotibi Van Dinxua so‘zlari bilan chiqish qildilar.

Mazkur muloqot “‘Kelajak to‘g‘risidagi pakt’ni amalga oshirish va global boshqaruvni takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan dialogda barcha qit’alardagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, BMT amaldorlari, shuningdek Xitoy Ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xitoy Yoshlar ittifoqi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida “‘Kelajak to‘g‘risidagi pakt’ni amalga oshirish bo‘yicha universitetlarning harakatlar rejasi” rasmiy ravishda qabul qilindi.