Home > Yangiliklar

Xanchjouda Butunjahon chet tillari universitetlari alyansining rektorlar beshinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Updated: 2025-11-08

2025-yil 24-oktabr kuni Xanchjou shahrida Butunjahon chet tillari universitetlari alyansi rektorlari beshinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro anjuman Pekin chet tillari universiteti (PChTU) tomonidan tashkil etilib, Jejiang chet tillari universiteti tomonidan o‘tkazildi.

Forumda Alyansga a’zo 24 ta oliy ta’lim muassasasi rahbarlari ishtirok etdilar, ular orasida Xitoy Xalqaro ta’lim almashinuvi assotsiatsiyasi raisi, Xitoy Ta’lim vazirligining sobiq o‘rinbosari Liu Limin, Butunjahon chet tillari universitetlari alyansining raisi, Pekin chet tillari universiteti rektori va partiya qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari Jia Venjian, shuningdek, Alyans kengashi a’zosi, Jejiang chet tillari universiteti partiya qo‘mitasi kotibi va rektori Jan Huanjou qatnashdilar.

“Kelajak sari: raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt orqali imkoniyatlarni kengaytirish hamda integratsion rivojlanishni rag‘batlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur xalqaro forumda dunyoning 27 davlatidagi 60 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan 170 dan ziyod yetakchi mutaxassislar va olimlar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida Alyans tomonidan “raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt davrida til ta’limi va tadqiqotlarning innovatsion rivojlantirishni birgalikda ilgari surish bo‘yicha tashabbus” rasmiy ravishda qabul qilindi.