Home > Yangiliklar

Pekin chet tillari universitetida 2025-yilgi I bosqich talabalari uchun tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Updated: 2025-09-26


 

Pekin chet tillari universitetida 2025-yilgi I bosqich talabalari uchun tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

 

 

 

2025-yil 1-sentabr kuni Pekin chet tillari universitetida (PChTU) 2025-yilgi I bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilining tantanali ochilish i hamda talabalar safiga qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xitoyning turli hududlaridan hamda dunyoning 90 ta mamlakatidan kelgan 3917 nafar yangi talaba PChTU katta oilasiga qo‘shildi.

Marosimda PChTU partiya qo‘mitasi kotibi Vang Dinghua, partiya qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari va rektor Jia Venjian, partiya qo‘mitasi kotibining o‘rinbosarlari Jia Dejong va Su Dapeng, partiya qo‘mitasi doimiy qo‘mitasi a’zolari va prorektorlar Ding Hao hamda Jao Gang, Gruziyaning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Archil Kalandiya, shuningdek PChTU Xalqaro biznes maktabining 2013-yilgi bitiruvchisi, «Chuzou Shijie» («Dunyoga chiqish») ko‘ngillilar sayohati platformasi asoschisi Vang Yuhao va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar.

Rektor Jia Venjian 2025-yilda o‘qishga kirgan yangi talabalarga samimiy tabrik yo‘lladi. Ularga katta ishonch bildirib, samimiy tilaklarini izhor etdi.

Marosimda elchi Archil Kalandiya, bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilardan vakilillar, shuningdek bakalavriat, magistratura hamda chet ellik talabalardan vakillar nutq so‘zladilar.

Partiya qo‘mitasi kotibi Vang Dinghua yangi talabalar vakillariga universitet nishonlari va talaba guvohnomalarini topshirdi.

Shundan so‘ng yangi talabalardan vakillar o‘qituvchilarga gullar taqdim etdilar, qasamyod vakili barcha yangi talabalar nomidanga talabalik qasamyodini o‘qidi. Tantanali marosim universitet madhiyasining jo‘shqin ijrosi bilan yakunlandi.